Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Serbiya davlati rahbari Aleksandr Vuchich Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasidagi ishtiroki chog‘ida jurnalistlarning Putinning yadro quroli borasidagi tahdidi haqidagi savollariga javob berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Vuchichning aytishicha, Rossiyani yadro quroli bilan himoya qilish borasidagi Putinning fikrlarini jiddiy qabul qilgan ma’qul.

Serbiya prezidenti sifatida shuni aytishim mumkinki, biz tinchlik qaror topishiga umid qilamiz. Barcha murosaga yechim topish uchun qo‘lidan kelganini qiladi, chunki bu boshqa tomon yutqazishini kutishdan ko‘ra yaxshiroq. Putin ko‘p marta yadro qurolini ishlatishi mumkinligini ta’kidladi. Menimcha, u yadro quroli haqida shunchaki “qo‘rqitib qo‘yish” uchun gapirmayapti.

Aleksandr Vuchich, Serbiya prezidenti

21-sentabr, chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaatida G‘arb o‘zining Rossiyaga qarshi siyosatida har bir chiziqni kesib o‘tganini, shuningdek, Rossiyaga qarshi doimiy tahdidlar haqida gapirdi.

U o‘z nutqida G‘arbga Rossiyaning ommaviy qirg‘in qurollarini shunchaki yadroviy shantaj sifatida qabul qilmaslikni maslahat bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
Sport
Muxlislar “Roma” futbolchisi haqida: “Qo‘rqoqlar va sotqinlar ketishi lozim”
Sport
Karlo Anchelotti: “Barselona”dan 5 ochko ortdamiz, biroq oldinda hali uzoq yo‘l bor