Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi bog‘chada 50 nafarga yaqin bolada ovqatdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha ta'lim vazirligi buni rad etdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i S.Rajabov xatida bildirishicha, 17-sentabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 7-bo‘limiga Qarshi shahar, “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Qarshi shahridagi 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi X.Sh. o‘tkir diariya tashhisi bilan yotqizilgan.

Epidemiologik surishtirish davomida bemorda ich ketish, ko‘ngil aynish, holsizlik, isitma ko‘tarilishi kuzatilgan. Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi, davo muolajalari olib borilmoqda.

Shuningdek, xatda SEO va JSX Qarshi shahar bo‘limi bo‘limga mazkur tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha tezkor xabarnoma kelib tushmaganini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...