“Milan” Italiya A Seriyasining 7-turida “Napoli”ga yutqazib qo‘ydi (1:2).
Bu Stefano Pioli shogirdlari uchun chempionatdagi yanvar oyidan beri ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Bunga qadar jamoa ketma-ket 22 ta o‘yinda yutqazmagandi — 15 g‘alaba, 7 durang.
Keyingi turda “rossonerilar” “Empoli”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
A Seriya 7-turiga kelib faqat “Napoli” va “Atalanta” joriy mavsum yutqazmay kelmoqda. Bu ikki jamoa dastlabki o‘rinlarni egallab turgan bo‘lsa, “Udineze” kuchli uchlikka kirgan.
Izoh (0)