Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 7-turida “Milan” 18-sentabr, yakshanba kuni “Napoli”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 55-daqiqasida Matteo Politano neapolliklarni oldinga olib chiqdi. 69-daqiqada Olivye Jiru muvozanatni tikladi.
78-daqiqada Jovanni Simeone mehmonlarning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan “Milan” 14 ochko bilan 5-pog‘onaga tushib ketdi. “Napoli” esa ochkolarini 17 taga yetkazib, peshqadamlikka qaytdi.
A Seriya
7-tur bahsi
18-sentabr, yakshanba
“Milan” — “Napoli” 1:2
Gollar: 0:1 – 55, penalti Politano, 1:1 – 69 Jiru, 1:2 – 78 Simeone.“Milan”: Menyan, Kalabriya (Dest, 46), Kyer (Kalulu, 46), Tomori, Ernandes, Krunich (Brahim Dias, 66), Bennaser, Salemakers (Messias, 66), Tonali, de Ketelare (Adli, 82), Jiru.
“Napoli”: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Je, Mariu Ruy (Olivera, 90), Lobotka, Zelinski (Ndombele, 87), Zambo-Angissa, Politano (Dzerbin, 66), Kvaratsxeliya (Elmaz, 87), Raspadori (Simeone, 66).
Ogohlantirishlar: Kyer (18), Kalabriya (45), Krunich (53), Rraxmani (63), Simeone (70), Tomori (74), Dzerbin (87).
Izoh (0)