Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Namanganlik talaba o‘zi o‘qiydigan institutga quyosh panelli yoritgichlarni o‘rnatdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Muhammadyusuf Sotimboyev Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakultetining uchinchi bosqichida tahsil oladi. O‘zining aytishicha, bu g‘oya bundan ancha avval, Xitoyga borganida uyg‘ongan.

“Xitoyda ko‘chalarning aksariyat qismi shunday yoritgichlar yordamida yoritilishini ko‘rgan va havas qilgandim. Prezident tomonidan mamlakatda muqobil energiyani keng joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgani, qarorlar qabul qilingani shu havasni harakatga aylantirdi. Qolaversa, institutimizda o‘tilgan muqobil energetika bo‘yicha darslar, ustozimiz professor Alisher Alinazarovning o‘gitlari qo‘l keldi”, — deydi talaba.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Qurilma quyosh paneli, batareyalar va yoritgichdan iborat. Bir marta to‘liq quvvatlanib olgach, besh-olti kun bemalol ishlashi mumkin. Kechki payt qorong‘i tushishi bilan avtomatik tarzda nur sochishni boshlaydi. Bunday yoritgichlarning ko‘paytirilishi elektr energiyasini boshqa zarur joylarga yo‘naltirish va transformatorlarga tushadigan zo‘riqishni oldini olishga yordam beradi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Muhammadyusufning aytishicha, yoritgichlarning tayyorlash jarayonida ularni mahalliy sharoitga moslashtirish uchun ancha sa’y-harakat qilgan va dastlabki urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Biroq talaba ortga chekingani yo‘q va yangi o‘quv yili arafasida institutning kirish qismida u tomonidan tayyorlangan har biri qariyb 10 metrli ikkita quyosh panelli yoritgichlar qad rostladi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“Endigi rejam shamol energiyasi yordamida ishlovchi shunday kichik qurilmalar tayyorlash. Hozir ustozim bilan shu loyiha ustida ish olib boryapmiz. Agar mutasaddilar ma’qul ko‘rishsa, Namangan xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘lga quyosh va shamol energiyasi yordamida ishlovchi yoritgichlar o‘rnatish niyatidaman. Bu ham bo‘lsa energiyani tejash va ichki turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissam bo‘lar edi”, — deydi Muhammadyusuf Sotimboyev.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Mavzuga doir:

O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalarini xarid qilganlik uchun kompensatsiya to‘lanadi

O‘zbekiston va shamol energiyasi: u qanday ishlaydi, nega mamlakat hoziroq unga o‘tishi zarur?

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)