Mahsulot ishlab chiqarish — ko‘plab bosqichlardan iborat murakkab jarayon:
- go‘shtga ishlov berish va qayta ishlash;
- shakl berish;
- qobiq va qadoqni yaratish;
- mahsulotni laboratoriyada tekshirish;
- iste’molchi xarid qilishi uchun mahsulotni rastalarga yuborish;
Go‘shtni yetkazib berish bosqichida mahsulot sifati nazorat qilinadi, kesishdan oldin Islom dinining barcha qoidalariga ko‘ra duo o‘qiladi, so‘ngra go‘shtni qayta ishlashga kirishiladi.
Mahsulot halollik talablariga javob berishiga alohida e’tibor qaratiladi: unga qo‘shiladigan xomashyo va ziravorlar, ishlab chiqarish xonalari va ish yuritish usuli. “Halol” standartlashtirish va sertifikatlashtirish xalqaro markazining mustaqil komissiyasi Rozmetov mahsulotlarining barcha mezonlarga muvofiqligini muntazam tekshirib boradi va xaridorlar xotirjam bo‘lishlari va iste’mol qilinadigan mahsulotga ishonchi komil bo‘lishi uchun tasdiqlovchi sertifikat beradi.
Barcha kerakli ziravorlarni qo‘shib qayta ishlashdan so‘ng, kolbasaga shakl berish, og‘irligi bo‘yicha qadoqlash va tabiiy qobiqqa o‘rash kerak. Qobiqni yaratishning maxsus uslubiyati kolbasa uzoq vaqt davomida yangi bo‘lib qolishiga va shaklini saqlab qolishiga imkon beradi.
So‘ngra mahsulot qadoqlanadi, Rozmetov korxonasining o‘z laboratoriyasida sinovdan o‘tkaziladi va shundan keyingina do‘kon rastalariga jo‘natiladi, u yerda xaridor uni xarid qilishi va kolbasaning xushbo‘y hidi va ajoyib ta’midan bahramand bo‘lishi mumkin!
Mahsulotni yaratish ko‘p sonli mutaxassislarning mehnatini talab qiladigan murakkab jarayondir
Videolavhani ko‘rib, kolbasa mahsulotlarini yaratishning qiziqarli jarayoni bilan tanishishga taklif qilamiz.
Izohlarda fikringiz va taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing
Rozmetov — oilamizdan oilangizga!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)