Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida 15-sentabr, payshanba kuni Iroqqa qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda Iroq 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Iroqliklar safida Fahad Methaq va Salim Faisal gol muallifiga aylandi.
Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston 5:4 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Futzal
O‘rtoqlik o‘yini
15-sentabr, payshanba
O‘zbekiston — Iroq
Gollar: Fahad Methaq — 2, Salim Faisal, — 9.O‘zbekiston: 12. Ravshan Eliboyev, 4. Ixtiyor Ropiyev, 6. Ilhom Hamroyev, 8. Husniddin Nishonov, 10. Davron Choriyev.
Zaxira: 16. Abbos Elmurodov, 2. Anasxon Rahmatov, 5. Sunnatilla Jo‘rayev, 7. Dilshod Rahmatov, 9. Elbek To‘lqinov, 11. Akbar Usmonov, 13. Shahram Fahriddinov, 14. Xayrulla Solihov, 15. Davlat Ibragimov, 17. Daler Eshonqulov.