Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Shavkat Mirziyoyev 14-sentabr kuni Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Mo‘g‘uliston pezidentini qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv avvalida davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston munosabatlarini faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakat prezidentlari 2022-yil iyunida Toshkent shahrida o‘tkazilgan birinchi qo‘shma biznes-forum yakunlarini yuqori baholadi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Buning uchun zaror shartnomaviy-huquqiy asoslarni shakllantirish, qo‘shma kooperatsiya, eng avvalo, agrosanoat sohasida aniq loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Madaniy-gumanitar almashinuvlar va hududlararo aloqalarni kengaytirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonning SHHTdagi samarali raisligini qayd etib, sammit muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarga tizimli tus berish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mo‘g‘uliston pezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 14-sentabr kuni Samarqand shahriga yetib kelgandi. Uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. So‘ng Hazrati Xizr majmuasiga kelib, birinchi prezident Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Uxnaagiyn Xurelsux sammit doirasida xorijiy davlatlar rahbarlari bilan ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mo‘g‘uliston 2004-yildan beri Shanxay hamkorlik tashkiloti huzuridagi kuzatuvchi davlat hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi