• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Joze Mourinyoga chorlov tashlagan Eldor Shomurodov. O‘zbekistonlik futbolchi “Roma” yulduzlari bilan bahslasha oladimi?

    Joze Mourinyo boshchiligidagi “Roma” hayratlanarli haftani o‘tkazdi. Dastlab A Seriyada “Udineze”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Keyin esa Bolgariyada Yevropa Ligasi doirasida “Ludogorets”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mo‘jiza shu bilan yakuniga yetmaydi. “Roma” tarkibida nom jihatdan kuchli hujum chizig‘i bo‘lishi mumkin, biroq shu ikki muvaffaqiyatsiz o‘yinda yagona golni Eldor Shomurodov urdi. O‘zbekistonlik futbolchi boshqacha vaziyatga tushib qolgani va hozircha undan g‘olib sifatida chiqayotgani haqida Georgiy Shakov mulohaza yuritdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mourinyo eshikni ko‘rsatdi

    Shomurodov “Roma”ga Italiya futbolidagi porlayotgan yulduz sifatida o‘tgandi. Eldor “Jenoa” safida muntazam gol urgan va potensial jihatdan Temmi Abrahamga raqobatchi bo‘lishi kutilgandi.

    Hujumchi Mourinyo futbolida o‘zini topa olmadi, buning ustiga asosiy raqobatchisi ajoyib o‘yinlar namoyish etdi. Abrahamning narxi bir mavsumda 100 million yevrogacha ko‘tarildi. Shomurodov zaxira futbolchisi sifatida 28 o‘yinda 7 ta golli vaziyatda ishtirok etgan bo‘lsa-da, angliyalik hujumchi fonida omadsiz transfer deya e’tirof etildi. Futbol jihatidan oladigan bo‘lsak, jamoaga qaysidir ma’noda foyda keltirdi.

    Shomurodovning Rimdagi sarguzashtlari yozda nihoyasiga yetishi lozim edi. Mourinyo Eldorning saviyasi “Jenoa” va RPL orasidaligi, Rimga jiddiyroq futbolchilar kelishini ochiqchasiga bildirdi.

    O‘tgan o‘yinda hujumchi o‘rniga yarim himoyachini maydonga tushirishimga to‘g‘ri keldi. Zaxirada kerakli saviyadagi hujumchi yo‘q, shunchaki Shomurodovning u darajaga chiqishini kutib tura olmayman, “Roma”da bunday imkoniyat yo‘q, — shunday og‘riqli so‘zlarni gapirgandi Joze.
    Shundan keyin rimliklar Yevropa chempioni Andrea Belotti bilan shartnoma imzoladi, o‘zbekistonlik hujumchiga esa yangi jamoa izlashga kirishildi, biroq qayg‘uli final o‘rniga hikoyaning kutilmagan davomi paydo bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shomurodov — loyihaning bir qismi

    Eldor uchun A Seriyaning bir nechta jamoasi ovga chiqdi. “Monsa”, “Bolonya” va “Torino” kabi klublar futbolchi uchun faol kurash olib bordi. Joze Shomurodovning darajasi haqida salbiy fikr bildirgan bo‘lsa ham, “Roma” o‘zbekistonlik futbolchi uchun sarflangan 15 million yevroni chiqarib olmoqchi bo‘ldi va unga shu atrofida narx belgiladi. Natijada bu narx nomzodlarni qo‘rqitdi.

    Transfer oynasi yakunlanishi arafasida futbolchining agenti Qahhor Mo‘minov bayonot bilan chiqdi. Vakil Eldorning “Roma” rahbariyati bilan muammosi yo‘qligini ta’kidladi. Garchi Jozening avvalgi gaplari fonida haqiqatdek tuyulmasa-da, rahbariyat Shomurodovni loyihaning bir qismi sifatida ko‘rayotganini bildirgan.

    Obyektiv qaralsa Eldorning “Roma” asosiy tarkib futbolchisi bo‘lish imkoniyati “Rostov”ning Rossiya chempioni bo‘lish imkoniyati bilan teng. Temmi Abraham asosiy tarkibning almashtirib bo‘lmas futbolchisi bo‘lib qoladi. Abdrea Belotti esa yangi chaqiriqni qabul qildi, u shunchaki yulduzni almashtiruvchi vazifasini o‘taydi. Shu tariqa italiyalik futbolchi Yevropa Ligasi o‘yinlarida asosiy tarkib futbolchiga aylanadi. Paulo Dibala va “yolg‘onchi to‘qqizlik” sxemasini ham unutmaslik lozim. Qo‘shimchasiga argentinalik hujumchi pozitsiyasida ham o‘ynay oladi.

    Shomurodov — hujumchi pozitsiyasida uchinchi yo to‘rtinchi tanlov bo‘lib qoladi. Undan tashqari raqobatchilarining barchasida uzoq muddatlik shartnomalar mavjud, murabbiy esa o‘zbekistonlik o‘rniga yarim himoyachini maydonga tushirishni afzal bilishini ochiqchasiga aytgan.

    Istehzodan imkoniyatgacha

    Shomurodov Rimda qattiq tanqidga duch kelmadi. Shu bilan birga muxlislar yozda uning sotuvga qo‘yilishiga moslashib ulgurgandi. Bu borada ortiqcha afsuslanishlar bo‘lmadi.

    Oxirgi bir hafta ichida Eldor haqidagi gaplarda ohang sezilarli darajada o‘zgardi. O‘zbekistonlik hujumchi “Ludogorets”ga qarshi bahsda o‘z imkoniyatiga ega bo‘ldi va yulduz Belottidan ko‘ra samaraliroq o‘ynadi. Shomurodov boshi bilan yuqori sifatdagi golni urdi va ajoyib harakatlar ko‘rsatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa maqtovlar uzoq kuttirmadi.

    “Balki gap unga yetarli o‘yin amaliyoti berilmayotgandir. U biz uchun yangi Kvaratsxeliyaga aylanishi mumkin!”

    “Eshiting, uning maydonda to‘pni nazorat qilishi va harakatlari Belotti, hattoki Abrahamnikidan yaxshiroq”.

    “Zaniolo, Eldor va Dibala — bizning eng yaxshi uchligimiz”.

    “Mourinyo Shomurodovga nisbatan adolatli ishlamayapti. U baribir zaxirada qoladi. O‘tgan mavsum ‘Venetsiya’ga qarshi o‘yinda gol va golli uzatmani amalga oshirgandi, keyinchalik ham zaxirada qoldirilgan”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Roma” ustozi bu safar Eldorning o‘yini haqida hech narsa gapirmadi, biroq Italiya nashrlarining deyarli barchasi Bolgariyadagi o‘yinda uni “Roma”ning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.

    Istiqbol

    Bolgariyada urgan goli bilan Shomurodov yaqin oradagi o‘yinlar uchun o‘ziga imkoniyat yaratib oldi. Joze Mourinyo faoliyatida qattiq tanqidlardan so‘ng murabbiy kutilmaganda zaxiradagi futbolchini asosiy o‘yinchiga aylantirib qo‘ygani ko‘p uchraydi.

    Hattoki mavsum boshida ham Eldor butunlay o‘yin amaliyotidan mahrum bo‘lgandek taassurot qoldirgandi, ammo bitta kuchli o‘yin barchasini o‘zgartirib yuboradi. Qishgacha Shomurodov aniq idealdan uzoq bo‘lgan rimliklar loyihasining bir qismi bo‘lib qoladi.

    Qishda, ehtimol, u yana bir nechta takliflar oladi va albatta, A Seriyaning boshqa klubida o‘zining Yevropadagi sayohatini davom ettiradi.

    12.09.2022, 23:01   Izoh (0)   30812
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Chelsi”—“Liverpul” va “Manchester Yunayted”—“Lids” bahslari qoldirildi. APLda 8-turning qolgan uchrashuvlari o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi

    12.09.2022, 22:37

    Nijniy Novgoroddagi xokkey o‘yini vaqtida 48 yoshli o‘yinchi vafot etdi

    12.09.2022, 21:04

    Lionel Messi bir yildagi assistlar soni bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi

    12.09.2022, 19:01

    Samvel Babayanning murabbiylik litsenziyasi qaytarib olindi. PFL murabbiy va “Navbahor”ni OAV vakillaridan uzr so‘rashga chaqirdi

    12.09.2022, 17:34

    PFL maydon chetidagi to‘plarni yashirgani uchun “Navbahor”ni, qaydnomani kech bergani uchun “Paxtakor”ni jarimaga tortdi

    12.09.2022, 16:40

    Bundesligada kutilmagan yetakchi. “Union” o‘z tarixida ilk bor liga peshqadamiga aylandi

    12.09.2022, 15:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.