Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Sentabr oyi boshidan beri Ukraina armiyasi o‘z hududining ikki ming kvadrat kilometrga yaqin qismini ozod qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 10-sentabr kuni kechki nutqida aytib o‘tdi.

Ukraina harbiylari Kupyanskdagi binoning tomiga mamlakat bayrog‘ini ilmoqda, 2022-yil 10-sentabr

Ukraina harbiylari Kupyanskdagi binoning tomiga mamlakat bayrog‘ini ilmoqda, 2022-yil 10-sentabr
Foto: Reuters

 

Askarlarimiz frontning turli yo‘nalishlarida harakatni davom ettirmoqda. Sentabr oyi boshidan buyon olib borilgan faol amaliyotlar doirasida bugunga qadar hududimizning ikki ming kilometrga yaqin qismi ozod qilindi. Rossiya armiyasi shu kunlarda qo‘lidan kelgan eng yaxshi qobiliyatini namoyish qilmoqda — orqasini ko‘rsatmoqda, — dedi Zelenskiy.

 

8-sentabr kuni Zelenskiy oy boshidan beri Ukraina o‘z hududining ming kvadrat kilometrdan ortiq qismini ozod qilgani haqida aytgandi. 9-sentabr kuni u Ukraina Qurolli kuchlari Xarkov viloyatidagi 30 dan ortiq aholi punkti ustidan nazoratni tiklaganini e’lon qildi.

Shu haftada Ukraina Qurolli kuchlari Xarkov viloyatining bosib olingan hududlarida qarshi hujumga o‘tdi. 8-sentabrda rus qo‘shinlari qamal xavfi ostida Balakleya shahrini, 10-sentabrda esa Kupyansk shahrining g‘arbiy qismi va Izyum shahrini tark etdi.

10-sentabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi birinchi marta Xarkov viloyatidagi chekinishni tasdiqladi. Vazirlik buni “Donetsk yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish” uchun “qo‘shinlarni qayta yig‘ish bo‘yicha operatsiya” deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Medvedev: “Rossiya, agar zarur bo‘lsa, yadro quroli qo‘llashga haqli”
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?