Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Finlyandiya O‘zbekistonda qonun ustuvorligi sohasidagi loyihani amalga oshirish uchun 1,5 million yevro ajratdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonning Rigadagi elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, loyiha BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi va 3 yilga mo‘ljallangan. Tegishli hujjat Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Raysanen va BMTTD vakili Matilda Dimovska tomonidan imzolandi.

Loyiha erkin huquqiy yordamni kengaytirish orqali kam ta’minlangan fuqarolar uchun odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini oshirishga, ombudsman idorasining zaif guruhlarning inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha markaziy va mintaqaviy salohiyatini mustahkamlashga, fuqarolik jamiyatining adolat va inson huquqlarini hurmat qilish imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan.

Loyihaga ekspert yordami mamlakatning sobiq adliya vaziri Tuyya Braks boshchiligidagi Xelsinki universiteti qoshidagi Qonun ustuvorligi markazi tomonidan ko‘rsatiladi.

“Qayd etish joizki, qonun ustuvorligi Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining 2024-yilgacha Markaziy Osiyo bo‘yicha mamlakat strategiyasida belgilangan hamkorlikning uchta asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, barqaror iqtisodiy rivojlanish va tabiiy resurslarni boshqarishni takomillashtirish hisoblanadi. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga strategiya doirasidagi yordamning umumiy miqdori 25 million yevroni tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston qonun ustuvorligi indeksida nechanchi o‘rinni egallagani ma’lum qilindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov