Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan “Kadis” va “Barselona” bahsi 10 daqiqadan ortiq vaqt davomida to‘xtab qoldi.
Bunga tribunadagi muxlislardan birining ahvoli og‘irlashgani sabab bo‘ldi. Vaziyat og‘irligidan difibrillyatordan foydalanishga to‘g‘ri kelgan.
“Kadis” darvozaboni Heremias Ledesma tibbiy jihozlarni tribuna tomon o‘zi yetkazib berdi.
Hozircha hisob 2:0 “Barselona” foydasiga. Hakam futbolchilarga maydonni tark etishni buyurdi. O‘yin tugatiladimi-yo‘qmi, aniq emas.
“Kadis” rasmiy Twitter sahifasida quyidagicha izoh qolirilgan: “Futbolchilar vaziyat hal bo‘lgunga qadar maydonni tark etib, kiyim almashtirish xonasiga kutib turadi. O‘yin hali tugamadi".
Izoh (0)