Turkiyaning “Galatasaroy” klubi “PSJ” hujumchisi Mauro Ikardi transferini e’lon qildi.
Jamoa 29 yoshli argentinalikni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. “PSJ” futbolchi uchun ijara puli olmaydi.
Ikardining “Galatasaroy”dagi maoshi 6,75 million yevroni tashkil etadi, 6 millionni parijliklar to‘lab bersa, 750 mingni turk klubi to‘laydi.
Shuningdek, “Galatasaroy” “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Xuan Mata transferini ham e’lon qildi.
34 yoshli futbolchi erkin agent sifatida “1+1” tarzida shartnoma imzoladi. Uning maoshi soliqlardan tashqari 1,9 million yevro bo‘ladi.