“Chelsi” yangi bosh murabbiy Grem Potter uchun qancha kompensatsiya to‘lagani va mutaxassis bilan shartnomaning ayrim tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
47 yoshli mutaxassis London klubiga “Brayton”dagi shtabi bilan tashrif buyurdi. Tomonlar 5 yillik shartnoma tuzgan.
Jurnalist Saymon Stounning xabar qilishicha, Potterni yordamchilari bilan olib kelish “Chelsi”ga 21 million funtga tushgan.
The Telegraph’ga ko‘ra, mutaxassis 5 yillik shartnomadan 60 million funt ishlab oladi.
Shuningdek, Potter yangi sport direktori tanlashda qatnashadi. “Ko‘klar” JCH—2022 ga qadar yangi sport direktori topmoqchi va u qishki transferlar oynasiga tayyorgarlik ko‘radi.