“Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi 1-turi doirasida “Real Sosyedad”ga qarshi kechgan bahsda mag‘lubiyatga uchradi (0:1).
Erik ten Hag qo‘l ostidagi jamoa joriy mavsum yettita o‘yin o‘tkazdi va portugaliyalik futbolchi ularning ikkitasida asosiy tarkibda maydonga tushdi: APLda “Brentford”ga (0:4) va Yevropa Ligasida “Real Sosyedad”ga (0:1) qarshi. Ularda mankunianlar gol ura olmagan.
Qolgan besh o‘yinda esa “qizil iblislar” kamida bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ularda 37 yoshli futbolchi zaxiradan maydonga tushgan.
Ronaldu 2022/23-yilgi mavsumda birorta samarali harakat amalga oshira olmadi. U so‘nggi bor 5-iyun kuni Portugaliyaning Shveysariyaga qarshi o‘yinida samarali harakatni amalga oshirgandi.
Mavzuga doir: “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi uchun qaydnomani e’lon qildi. Ronaldu 20 yildan so‘ng ushbu musobaqada ishtirok etadi