Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-turida “Qizilqum” 8-sentabr, payshanba kuni “Olimpik”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Islom Kenjaboyev hisobni ochdi. 49-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov navoiyliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 63-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisobni qisqartirdi. Ammo bu gol “Olimpik” uchun yetarli bo‘lmadi.
“Qizilqum” ochkolari sonini 32 taga yetkazib, 4-o‘rinni egalladi. “Olimpik” esa 22 ochko bilan 7-pog‘onani band etdi.
Superliga
18-tur bahsi
8-sentabr, payshanba
“Qizilqum” — “Olimpik” 2:1
“Qizilqum”: 1. Ignatiy Nesterov, 4. Boburbek Yo‘ldoshev, 5. Dilshod Jo‘rayev (88. Artyom Dmitriyev, 88), 7. Sanjar Shoahmedov, 10. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanislavlevich (18. Davron Anvarov, 88), 14. Fayzullo Qambarov, 20. Islombek Kenjaboyev (23. Sherali Jo‘rayev, 76), 28. Shuhrat Muhammadiyev (25. Azibek Usmonov, 68), 33. Oleg Zoteyev, 43. Pol Komolafe.“Olimpik”: 1. Shukron Yo‘ldoshev, 2. Saidazamat Mirsadiov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev,7. Ruslan Jiyanov, 9. Temur Mamasidiqov (4. Jasurbek Xoldorov, 68), 10. Farrux Muxtorov (18. Sardor Maxmudov, 89), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 19. Doston Tursunov (17. Jalollidin Sodiqov, 90+3), 23. Abdurauf Bo‘riyev, 37. Alisher Odilov (21. Muhammadaziz Ibrohimov, 46), 44. Shahzod Toirov (99. Muhammadali G‘iyosov, 68).
Ogohlantirishlar: Shahzod Toirov (55).
Izoh (0)