Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyada elektr narxining oshishi 3,5 millionga yaqin ishchi-xizmatchi mehnat qilayotgan 881 mingdan ortiq kichik biznes subyekti faoliyatiga tahdid solmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Energiyaning yuqori narxi 3 million 529 ming xodimga ega 881 264 mikro va kichik korxonalarni yoki Italiya biznes tizimida band bo‘lganlarning 20,6 foizini xavf ostiga qo‘yadi, — deyiladi tashkilot matbuot bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, energiyani ko‘p talab qiluvchi ishlab chiqarish turlari, xususan, keramika, shisha, sement, qog‘oz, kauchuk, plastmassa, shuningdek, metallurgiya, neftni qayta ishlash, farmatsevtika sanoati xavf ostida.

Bundan tashqari, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, jumladan, to‘qimachilik, yog‘ochsozlik, matbaa, elektr akkumulyatorlari va maishiy texnika, avtomobil dvigatellari va butlovchi qismlar, shuningdek, suv ta’minoti va chiqindilarni qayta ishlash sohalari ham energiya narxining oshishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Narxlarning ko‘tarilishi xizmat ko‘rsatish sohasiga ham salbiy ta’sir qiladi, — deb ta’kidlaydi Confartigianato.

Ishbilarmonlarning aytishicha, Lombardiya yuqori energiya narxlarining halokatli ta’siriga eng ko‘p tushadigan hudud. U yerda 751 ming xodimga ega 139 ming kompaniya xavf ostida.

Italiyada inqiroz davrida oilalar va korxonalar uchun elektr to‘lovlari bir necha barobar oshdi.

Avvalroq Yevropa energiya inqirozini yumshatish uchun bir yilda taxminan 280 mlrd yevro sarflagani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi