Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Yevropa Chempionlar Ligasi 1-turi doirasida “Sevilya”ga qarshi kechgan bahsda (4:0) dublga erishdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Norvegiyalik futbolchi “Manchester Siti” safidagi 8-rasmiy o‘yinida 12 ta gol urishga erishdi.

Bu Holand uchun YCHLdagi 20-o‘yin edi. Bu uchrashuvlarda 22 yoshli futbolchi 25 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Qayd etish kerak, musobaqa to‘purari Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasidagi dastlabki 20 ta o‘yinida birorta gol ura olmagan, Lionel Messi esa bu davrda 8 ta to‘p kiritgan.

Portugaliyalik 25 gollik dovonni YCHLdagi 63-o‘yinida zabt etgan, argentinalik esa 42-uchrashuvida 25-golini urgan.

Musobaqaning ushbu mavsumini o‘tkazib yuborayotgan Ronalduning hisobida umumiy 140 ta gol bor, Messi esa 125 ta golga ega.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin