Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Har yili ko‘plab yangi filmlarning namoyish etilishi kutiladi. Ushbu filmlardagi rollarni muvaffaqiyatga erishganiga ko‘p bo‘lmagan va dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan aktyor, aktrisalar ham ijro etishi mumkin. Ba’zida mashhur aktyor va aktrisalar kinofilmlardagi rollari uchun keskin o‘zgaradi. AdMe nashri shu kabi mashhurlar haqida ma’lumot berdi.

Hellen Mirren superqahramon rolini ijro etmoqda

“Oskar” mukofoti sovrindori aktrisa Hellen Mirren Shazam filmining navbatdagi qismida bosh rolni, ya’ni superqahramon Gespera rolini ijro etadi. “Men gavdalantirayotgan qahramon o‘zini haq deb hisoblaydi. Albatta, barcha yomon odamlar o‘zlari haqida shunday deb o‘ylashadi. U o‘zining haq ekaniga juda ishonadi. Ammo men barcha kartalarni ko‘rsatishni xohlamayman”, — deydi Hellen. Uning ishtirokidagi yangi film 2022-yilning dekabr oyida katta ekranlarga chiqadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Brendan Freyzer vazni 272 kilogramga teng ota rolida 

Aktyor “Kit” filmida 17 yoshli qizi bilan munosabatlarini tiklashga urinayotgan 272 kg og‘irlikdagi ota obrazini gavdalantirdi. U filmda oilasini tashlab ketadi va keyinroq o‘z aybini yuvishga harakat qilmoqchi bo‘ladi.

Brendan 2004-yildan keyin katta ekranlarda ko‘rinish bermadi, faqat kichik loyihalarda ishtirok etdi. U onasining o‘limi, jismoniy va ruhiy muammolardan keyin ekranlarga qaytdi. Shu sababli, Brendan kino olamiga qaytishini ma’lum qilganida, muxlislar bu xabardan xursand bo‘lgan. Uning ishtirokidagi film 2022-yilning sentabr oyida tomoshabinlarga taqdim etiladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Keyt Blanshett Borderlands kompyuter o‘yinidagi Lilit obrazida ekranlarga chiqadi

Gollivud aktrisasi Jeymi Li Kertis ijtimoiy tarmoqqa 53 yoshli hamkasbi Keyt Blanshettning yangi film bosh qahramoni, ya’ni Lilit sifatida tasvirlangan suratini joyladi. Ushbu film 2022-yilda katta ekranlarga chiqadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Kris Prett mashhur multfilm qahramoni Marioga ovoz beradi

“Mario” multfilmning birinchi qismi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, muxlislar yangi qismi haqidagi xabarlarga shubha bilan qaradi. Bosh qahramonga aktyor Kris Prett ovoz bergan. Krisning ovoz beruvchi aktyor sifatida ishlashi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Biroq, loyiha muallifi Prettni himoya qilib, uning ovoz tembrini fenomenal deb atadi. Ushbu multfilmning qachon namoyish etilishi 2023-yilning 7-aprelida ma’lum bo‘ladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Gal Gadot Kleopatra obrazida ekranlarga chiqadi 

Aktrisaning tan olishicha, u Kleopatra haqidagi barcha filmlarni tomosha qilgan va ushbu obrazni gavdalantirishdan xursandligini aytgan. ni o'ynashidan shunchaki xursand. Gal filmni suratga olayotgan ijodkorlar Kleopatraning go‘zalligi va jozibadorligiga emas, uning strategik fikrlash qobiliyatiga e’tibor qaratmoqchi ekanligini ta’kidlagan. Kinokartinaning ekranlarga chiqish sanasi ma’lum qilinmagan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Anya-Teylor Joy Furiosa obrazini gavdalantiradi

“Aqlsiz Maks: Furiosa” “Aqlsiz Maks: G‘azabli yo‘l” filmining yangi qismi hisoblanadi. Ijodkorlar film Furiosa obrazi haqida hikoya qilinishini ma’lum qilgan. Kinokartina tafsilotlari sir saqlanmoqda, ammo u haqda turli xil mish-mishlar ham mavjud. Masalan, ssenariyda Mad Maks olamidagi komikslar sujetlaridan, xususan, Furiosa va uning onasining o‘g‘irlanishi haqidagi hikoyadan foydalanishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. “Qirolichaning harakati” serialining 26 yoshli yulduzi Anya-Teylor Joy filmda bosh rolni ijro etadi. Film premyerasi 2024-yil 24-may sanasida bo‘lib o‘tadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Dueyn Jonson “DC” filmidagi Qora Adam rolini ijro etdi

Odatiy rollardan farqli ravishda Dueyn Jonson yangi kinokartinasida umuman boshqacha obrazda gavdalanadi. Aktyor 2014-yilning sentabr oyida yovuz odam Qora Adam rolini o‘ynashi kerak edi. Ammo prodyuserlar unga 2022-yilning kuzida katta ekranlarga chiqadigan filmdan rol berishga qaror qildi. Kinokartina 2022-yilning 21-oktabr sanasida katta ekranlarga chiqadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Bill Skarsgard “Qarg‘a” filmining yangi talqinida bosh rolni ijro etadi

“U” filmidagi Pennivayz roli bilan mashhur bo‘lgan aktyor “Qarga” filmining yangi talqinida bosh qahramon rolini o‘ynaydi. Aslida bu obrazni, ya’ni Erik Dreyvenni aktyor Brendon Li gavdalantirishi kerak edi, biroq u filmning suratga olish jarayonlari boshlangan paytda vafot etgan.

Kinokartinani qayta suratga olayotgan rejissorlar film yanada realroq bo‘lishini va oldingi talqinini qayta ishlab chiqishga va’da bermoqda. “Qarg‘a” filmining katta ekranlarda qachon namoyish etilishi ma’lum qilinmagan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Melissa Makkarti “Suv parisi” multfilmidagi yovuz qahramon Ursula rolini ijro etib, tomoshabinlarni xursand qiladi

Tomoshabinlar “Suv parisi” haqidagi filmning chiqishini intiqlik bilan kutmoqda. Melissa Makkarti ushbu filmda yovuz qahramon Ursula rolini ijro etgan. Aktrisa katta sun’iy qobiq ichida o‘tirgani haqida ham gapirgan. Film premyerasi 2023-yilning 26-may sanasida bo‘lib o‘tadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Keyt Uinslet “Avatar” filmining ikkinchi qismida suratga tushmoqda

Keyt Uinslet “Avatar 2” filmida asosiy qahramonlaridan birini o‘ynaydi. “U kuchli, haqiqiy jangchi. Hatto homilador bo‘lsa ham jiddiy xavf qarshisida u taslim bo‘lmaydi”, — deydi aktrisa o‘z obrazi haqida. Filmning namoyish etilish sanasi ko‘p marta o‘zgargan, hozirda film premyerasi 2022-yilning 16-dekabrida bo‘lib o‘tadi degan xabarlar mavjud.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov