Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kino olamda o‘z o‘rnini saqlab qolish va tomoshabinlar mehrini qozonish juda murakkab ish. Ba’zi aktrisalar bir necha yildan so‘ng unutiladi, ba’zilari esa yillar o‘tgani sayin karyerasida muvaffaqqiyatga erishadi. “AdMe” nashri 40 yoshdan keyin karyera qilish mumkinligini shaxsiy hayotida isbotlagan mashhurlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: “Yandex.ru”

Foto: “Yandex.ru”

Rene Zellveger

Rene Zellveger komediyada ham, drama yo‘nalishida ijod qilgan mahoratli aktrisa. Aktrisaning mashhurlik cho‘qqisi 2000-yilning boshiga to‘g‘ri kelgan. U “Bridjit Jonsning kundaligi”, “Chikago”, “Sovuq tog‘” filmlarida rol o‘ynagan. Zellveger ijrosidagi filmlar ko‘payib ketdi, shuning uchun uning rollari muxlislar tomonidan ko‘p eslanmaydigan bo‘ldi.

Aktrisa 40 yoshga yaqinlashganida filmlarda rol o‘ynashni butunlay to‘xtatdi. U oradan 6 yil o’tib ijodga qaytdi. Zellveger 2015-yildan beri 5 ta film va 2 ta mini-serialda rol ijro etdi.  Ko‘plab rollar ijrochisi 2019-yilda “Judi” avtobiografik dramasidagi roli uchun “Oskar” mukofotini oldi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Rouz Birn

Rouz Birn 40 yoshda va uning karyerasi yuksalishda davom etmoqda. Aktrisa ijodining boshida dramatik rollarga intilgan, biroq 2010-yilda u komediya janridagi filmda rol ijro etdi. Bu esa uning karyerasida yana bir pog‘ona ko‘tarilishga imkon bo‘ldi. “Men jiddiy aktrisa bo‘lishni orzu qilardim, lekin vaqt o‘tishi bilan komedik aktrisa bo‘lishim yaxshiroq ekanini angladim” —, deydi aktrisa.

Aktrisa yaqinda suratga olingan “Hayot ritmida” serialida qiynoqlarga uchragan uy bekasi rolini ijro etdi. Hozir u bir nechta loyihalarga prodyuserlik qilmoqda va uni suratga olish uchun tayyorlanmoqda.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Penelopa Krus

Penelopa Krus kino olamida 30 yildan ortiqroq muddatda faoliyat yuritib keladi va bu vaqt oralig‘ida ko‘plab bosh rollarni ijro etgan. Aktrisa komediya va vesterndan tortib triller, og‘ir drama yo‘nalishidagi turli filmlarda ishtirok etgan.

U oxirgi yillarda yirik loyihalarda kam ishtirok etdi, sababi aktrisa shaxsiy masalalarga e’tibor qaratgan. Penelopa Krus 2021-yilda ko‘plab ijobiy sharhlarni oldi va “Parallel onalar” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jessika Chesteyn 

Jessika Chesteyn kinodagi faoliyatini 31 yoshida, “Jolin” mustaqil dramasidagi rolidan boshlagan. Bu kinofilmdan keyin aktrisa 4-5 ta filmda faol ishtirok etdi. Uning ijrosidagi filmlar turli reytinglarda ishtirok etadi. Jessika “Ona”, “Interstellar”, “Qizil cho‘qqi” kabi filmlarda suratga tushgan.

“Tammi Feyning ko‘zlari” filmida bosh rolni ijro etgan Chesteyn 45 yoshida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Shundan keyin aktrisa ijodga yanada ko‘proq e’tibor qaratdi va 4 ta loyihada ishtirok etdi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Lora Dern

Yoshligida Lora Dern Devid Linchning “Ko‘k baxmal” va “Yurakdagi yovvoyi” filmlarining timsoliga aylandi. Aktrisa oradan vaqt o‘tib “Yura olamiga sayohat” va “Oktabr osmoni” kabi mashhur kinokartinalarda rol ijro etdi. Biroq 2000-yilning boshida Lora Dern yirik loyihalarda suratga tushishni to‘xtatdi.

U 2014-yilda, “Yovvoyi” dramasidagi roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritganidan keyin ijodga qaytdi. Shundan keyin aktrisa bir qancha loyihalarda ishtirok etdi va 2020-yilda “Nikoh hikoyasi” filmi uchun kinokartinaning bosh mukofotini qo‘lga kiritdi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jennifer Lopes 

Jennifer Lopes o‘z avlodining eng muvaffaqiyatli xonandalaridan biri. U muxlislari tomonidan izlanuvchan aktrisa va iste’dodli, ishbilarmon ayol deb e’tirof etilgan. Biroq u muvaffaqqiyatini saqlab qololmadi. Kino olamdagi muvaffaqqiyatning pasayishi musiqadagi ijodga ham ta’sir qildi. Aktrisa ishtirokidagi “Jili” filmi tanqid qilinganidan so‘ng, aktrisa juda xafa bo‘lgani haqida gapirgan. “Men  hurmatimni yo‘qotdim, kasb tanlashimga shubha qildim. Chunki hamma narsada muvaffaqqiyatsizlikka uchradim” —, deydi u.

Jennifer Lopes oxirigi yillarda karyerasini yangi bosqichga olib chiqdi va 2022-yilda namoyish etilgan “Menga turmushga chiq” kinofilmida rol ijro etdi. Aktrisa yana 4 ta yirik loyihada ishtirok etishini, bu loyihalarda bosh qahramon rolini o‘ynashini va prodyuser bo‘lishini ma’lum qildi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Meggi Jillenxol 

Aktrisa 90-yillarning boshida otasi tomonidan suratga olingan filmlarda epizod rollarni ijro etdi va shundan keyin bosh rollarni ham o‘ynadi. Keyinchalik u “Donni Darko” diniy dramasida paydo bo‘ldi, ushbu filmda uning akasi Jeyk bosh qahramon sifatida ishtirok etgan. Bu filmdan keyin aktrisa boshqa filmlarda ham rol ijro etdi va ularning hech biri muvaffaqqiyatsizlikka uchramadi.

Jillenxol o‘zini 2021-yilda suratga olingan “G‘alati qiz” psixologik dramasida rejissor sifatida sinab ko‘rdi va filmning ssenariysini ham o‘zi yozdi. Ssenariy muallifi sifatida u “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mishel Pfayffer

Mishel Pfayffer 80-90-yillarning eng mashhur aktrisalaridan biri hisoblanadi. Aktrisa karyerasining dastlabki bosqichi unchalik yaxshi bo‘lmaganini aytgan. “Men kinoni o‘rgandim, shuning uchun ko‘proq oddiy rollarni o‘ynadim va tashqi ko‘rinishimdan foyda ko‘rdim” —, deydi aktrisa. Ko‘nikmalar haqiqatan ham unga yordam berdi, Pfayffer o‘sha davrning eng mashhur “Chandiq yuz”, “Xavfli aloqalar”, “Betmen qaytmoqda” filmlarida rol ijro etdi.Aktrisa bolalarini tarbiyalashga vaqt ajratish uchun tez-tez tanaffus qildi. U bir necha yil ekranlarda ko‘rinmadi, ijodga qaytgach esa bir filmdagi bosh rolni oldi. Uning oxirgi ishtirok etgan loyihalaridan biri “Birinchi xonim” seriali hisoblanadi. Aktrisa hozir bir nechta filmlarda suratga tushishga tayyorlanmoqda va mushuk ayol obraziga qaytishi mumkinligini aytgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Sandra Bullok 

Sandra Bullok 57 yoshda bo‘lishiga qaramay suratga olish ishlarida faol ishtirok etmoqda. Aktrisa birinchi va hozircha yagona “Oskar” mukofotini 45 yoshida “Mehr hududi” filmidagi roli uchun olgan. U 2010-yil va 2014-yilda dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi aktrisaga aylandi. Aktrisa ishtirokidagi filmlar hozir ham yuqori daromad keltiradi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Emma Tompson

Ko‘plab tomoshabinlar Emma Tompsonni “Garri Potter” yoki yangi yil bayramlarida namoyish etiladigan “Haqiqiy sevgi” kinolfilmlari orqali yodga oladi. Aktrisa kinokartinalarda bosh rolni ijro etmaydi, biroq bu epizod rollar ham muxlislarning e’tiborini tortadi.

Aktrisa 60 yoshga to‘lganidan keyin 3 ta film va 1 ta teleserialda suratga tushgan. Bu 2021-yilning eng mashhur filmlaridan biri “Kruella” va “Jonli efir vaqtida” va “Qo‘ng‘iroqdagi sevgi” kinokartinalaridir. U hozir 63 yoshda va kelgusida yana ijod qilishini rad etmagan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jillian Anderson

Jillian Anderson rol o‘ynagan “Sirli materiallar” seriali katta mashhurlikka erishgan. Serialning dastlabki 9 fasli 1993-yildan 2002-yilgacha efirga uzatilgan. Aktrisa mashhurlikka erishganidan keyin bosh rollarni ijro etishni to‘xtatdi. Aktrisaning yana ijodga qaytishiga sababchi bo‘lgan serial 2016-yildan boshlab qayta suratga olingan va aktrisa unda Skallining ayg‘oqchisiga aylanadi. Shundan keyin aktrisa turli rollarda o‘zini sinab ko‘rdi. U “Toj”, “Birinchi xonim” seriallardagi rolini mahorat bilan ijro etgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Kameron Dias

Aktrisa ishtirokidagi “Niqob”, “Eng yaxshi do‘stimning to‘yi” kabi muvaffaqqiyatli filmlar 90-yilning boshida namoyish etildi. U 26 yoshida ko‘pchilikning sevimli filmiga aylangan “Merini deb hamma aqldan ozgan” kinokartinasida rol ijro etdi va tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Shundan keyin aktrisaning ismi 2014-yilgacha kino olamda tez-tez yangrab turdi. Kameron Dias 42 yoshida kinoni tark etganini haqida e’lon qildi. Biroq Kameron Dias 8 yillik tanaffusdan so‘ng rejissor Set Gordon va Netflix hamkorligida suratga olinayotgan “Ishga qaytish” (“Back In Action”) komediyasida bosh rolni ijro etayotganini ma’lum qildi. 

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jodi Foster

Jodi Foster o‘zining professional faoliyatini 3 yoshida model sifatida boshlagan. Keyinchalik esa o‘smirlarning sevimli qahramoniga aylandi. Aktrisa kino olamidagi ilk debyutini 26 yoshida “Ayblanuvchi” filmida ijro etdi. Biroq uning ko‘plab muxlislari “Qo‘zilar sukunati” filmidagi Klaris Starling obrazi orqali taniydi.

Katta muvaffaqiyatdan so‘ng aktrisa prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi. Uning karyerasi 2000-yilning boshida pasaya boshladi va studiya yopilishiga to‘g‘ri keldi. O‘shandan beri Jodi Foster yana bir nechta esda qolarli rollarni o‘ynadi, lekin u rejissorlikka ko‘proq e’tibor bera boshladi. Yaqinda Foster “Haqiqiy detektiv” serialining 4-mavsumida asosiy qahramonni o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi