Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyada inflyatsiya darajasi 2025-yil oxirida joriy yil oxiridagi 65 foizga nisbatan 9,9 foizga yetishi kutilmoqda. Bu haqda 4-sentabr kuni hukumat gazetasi Resmi Gazeteda chop etilgan mamlakatning o‘rta muddatli iqtisodiy rivojlanish dasturiga tayanib “TASS” xabar bermoqda.

Foto: CNN

Foto: CNN

Hujjatda ta’kidlanishicha, kelgusi yilda Turkiyada inflyatsiya 24,9 foiz, bir yildan keyin esa 13,8 foiz darajasida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning iyul oyi natijalariga ko‘ra, Turkiyada inflyatsiya 79,6 foizni tashkil etib, so‘nggi yillardagi rekord darajaga yetdi. 

 

Mavzuga doir: Turkiyadagi vaziyat O‘zbekistonda narxlarning o‘sish xavfini yuzaga keltiradimi?

Hukumat dasturida Turkiya iqtisodiyotining o‘sishi 2022-yilda 5 foiz, kelasi yili 5,2 foiz, 2024 va 2025-yillarda esa 5,5 foizga yetishi prognzo qilingan

Mamlakatda joriy yil oxirida ishsizlik darajasi 10,8 foiz, kelasi yilda 10,4 foiz, bir yildan keyin esa 9,9 foiz va 2025-yilda 9,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi