Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvan asta-sekin Rossiya ko‘miridan voz kechmoqda, ammo hozircha buni to‘liq amalga oshirish qiyin bo‘lyapti. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Yaponiya va Tayvan yetkazib berishni eng tez qisqartirmoqda. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu mamlakatlar Rossiya ko‘mirini yuqoriroq narxda bo‘lsa ham, Avstraliya ko‘miri bilan almashtirishi mumkin.

Bojxona statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvaga do‘stona munosabatda bo‘lmagan davlatlar qatoriga kiritilgan Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvan Rossiyadan ko‘mir sotib olishni kamaytirmoqda. 

Joriy yilning dastlabki yetti oyi natijalariga ko‘ra, Janubiy Koreya 12,8 million tonna Rossiya ko‘mirini import qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga kam. 

Yaponiya 8,4 million tonna ko‘mir import qildi — o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga kam. Tayvan Rossiyadan ko‘mir sotib olishni 33,3 foizga, 4,4 million tonnagacha kamaytirdi.

Ukrainadagi qurolli mojarolar, sanksiyalar va Rossiya energiya resurslarini sotib olishdan bosh tortishdan avval, bu mamlakatlar Rossiyaning ko‘mir kompaniyalari uchun eng istiqbolli bozorlardan biri edi. 

Mavzuga doir: Fitch: Yuqori ko‘mir narxlari uzoq vaqt saqlanib qoladi

Rossiya ko‘mir sanoatini rivojlantirish strategiyasiga ko‘ra, mamlakat Sharqiy Osiyoga yetkazib berishni 2018-yildagi 84 million tonnadan 2035-yilga kelib 123 million tonnagacha oshirishni kutgan edi. 

Ta’minotning eng katta o‘sishi Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Vyetnamga bo‘lishi kerak edi. 

Yaponiya aprel oyida Rossiyadan ko‘mir importini bosqichma-bosqich qisqartirish va keyin uni butunlay taqiqlash niyatida ekanini ma’lum qilgandi. 

2021-yilda Yaponiya umumiy ko‘mir importining 11 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan. Rossiyadan ko‘mirning 7 foizini sotib olgan Yaponiyaning Kyushu Electric Power energetika kompaniyasi allaqachon sotib olishdan bosh tortayotganini e’lon qilgan. 

2021-yilda Rossiya ko‘miridan import qilinadigan umumiy ko‘mirning to‘rtdan uch qismini tashkil etgan Janubiy Koreya Rossiyaga qaramlikni kamaytirish maqsadida Avstraliyadan yetkazib berishni 1,5 barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. 

Yonhap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning birinchi choragida Rossiya ko‘miri Janubiy Koreya umumiy ko‘mir importining qariyb 62 foizini, Avstraliya ko‘miri esa 38 foizni tashkil etgan. 

Tayvanning Taipower davlat energetika kompaniyasi Rossiya ko‘miri uchun yakuniy to‘lovni amalga oshirgan va yangi bitimlar tuzish niyatida emas.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiya ko‘mirini sotib olishni butunlay to‘xtatgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi
Dunyo
Sovuq urushni rasman yakunlagan Bush va Yelsin, Fransiyaga qochib ketgan mashhur rejissor — Roman Polanski va “Buyuk golland toshqini”. Kun xronologiyasida 1-fevra...
Biznes
Kremniy vodiysini zabt etgan o‘zbekistonlik huquqshunos: Asror Arabjonov AQSHga qanday borib qolgani, viza va startaplari haqida