Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida velosiped boshqarib ketayotgan fuqaro halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 4-sentabr kuni 4R-79 Qarshi–Chim–Chiroqchi–Shahrisabz avtomobil yo‘lida harakatlangan haydovchi R.F. Nexia-2 avtomobilini boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Oldinda o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning o‘ng tomonidan velosipedda harakatlanib ketayotgan piyoda O.A.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda piyoda O.A. tan jarohati olib, tuman shifoxonasida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.