Yaponiyaning Sony Group kompaniyasida mobil telefonlar uchun o‘yinlar ishlab chiqish bo‘limi yaratildi. Bu haqda “PlayStation.Blog” blogiga tayanib, “Interfaks xabar berdi.
Bo‘lim PlayStation Studios Mobile Division deb ataladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, u PlayStation videoo‘yin konsoli segmentidan mustaqil ravishda ishlaydi.
Shunday qilib, Sony videoo‘yinlar biznesini diversifikatsiya qilmoqchi.
Bundan tashqari, Sony yangi bo‘linma tarkibiga kiruvchi Savage Game Studios mobil o‘yinlarining yevropalik ishlab chiqaruvchisini sotib olganini e’lon qildi.
Avvalroq Sony yuqori inflyatsiya sabab PlayStation 5 narxlarini oshirgandi.
Izoh (0)