Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Rossiya fuqarolariga Shengen vizalarini berishning soddalashtirilgan tartibini bekor qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda The Financial Times xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.ru”

Foto: “Gazeta.ru”

Ushbu mavzu bo‘yicha muzokaralarda qatnashgan uch nafar rasmiyning aytishicha, bu haqda 30-avgust kuni Pragada bo‘lib o‘tadigan tashqi ishlar vazirlarining ikki kunlik yig‘ilishida rasman e’lon qilinadi. Avvalroq bunday taklifni Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy bilan chiqishi xabar qilingandi.

Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida 2007-yilda viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuv tuzilgan. Agarda ushbu kelishuvdan voz kechilsa, unda Shengen vizasini olishga urinayotgan rossiyaliklar ko‘proq hujjatlar taqdim etishiga to‘g‘ri keladi. Viza berish uchun konsullik yig‘imi 35 yevrodan 80 yevroga ko‘tariladi. Arizalarni ko‘rib chiqish vaqti esa uzoqroq muddatga cho‘ziladi.

Biz favqulodda vaziyatdamiz va bu istisno choralarini talab qiladi. Biroq vizani soddalashtirishdan voz kechishdan ko‘ra uzoqroqqa borishni istaymiz”, — deydi ismini oshkor etmagan yevropalik rasmiy.
Unga ko‘ra, yil oxirigacha bu bo‘yicha jiddiyroq cheklovlar ham qabul qilinishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi