Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobil salonidan pnevmatik qurol chiqdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 27-avgust kuni soat 01:30 larda tumanda xizmat olib borayotgan YPX xodimlari X.Zokirov va T.Razzoqov tomonidan Cho‘lpon ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi I.X. (1991-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobili to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilgan.
Natijada avtomobil salonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro I.X. va qurol M.Ulug‘bek tumani IIBga topshirilgan.