Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri mazkur divizionda WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik bilan jang qilish uchun ringga qaytishga tayyor.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Fyuri faqatgina boks tarixidagi eng katta gonorar evaziga Usikka qarshi jang qilmoqchiligini ma’lum qildi.

“Dunyodagi eng katta jang eng katta pul evaziga bo‘lib o‘tishi kerak. Agarda barcha narsamni notanish bo‘lgan chet ellik bilan jangga qo‘yadigan bo‘lsam, demak menga yarim milliard dollar berilsa yaxshi bo‘lardi.

Javob ‘yo‘q’ bo‘lsa, bu maydani uzoqroq tuting. Entoni Joshua bo‘lganda, tekinga jang qilgan bo‘lardim, hozir esa yo‘q”, — deydi britaniyalik bokschi.

The Sun nashri Fyuri ushbu jangdan 150 million yevro gonorar olmoqchi ekanini xabar bergandi.

Avvalroq Fyuri va Usik o‘rtasidagi jang 17-dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi.

Tayson Fyuri joriy yilning aprel oyida Dillian Uaytga qarshi jangdagi g‘alabadan so‘ng faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi. Biroq Oleksandr Usik Entoni Joshuaga qarshi revansh jangida ham g‘olib bo‘lgach, u bilan jang qilish uchun ringga qaytishga tayyorligini aytib o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi