Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri o‘rtasida mutlaq Jahon chempionligi uchun jang o‘tkazilishi mumkin.

Kollaj: Getty Images

Kollaj: Getty Images

Britaniyaning Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, jangni 17-dekabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazish reja qilinmoqda.

Saudiya Arabistoni Sport vaziri Abdulaziz bin Turki al-Faysal jang Ar-Riyodda tashkillashtirilishini ta’kidlagan.

Tayson Fyuri ukrainalik bokschiga qarshi jangdan 55—60 million yevro daromad qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Oleksandr Usik Entoni Joshuaga qarshi revansh jangida hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, og‘ir vazn toifasida Jahon chempionligini saqlab qolgandi.

Avvalroq Fyuri boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan, biroq vaqt o‘tib bu qaroridan voz kechganini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi