Yevropaning 20 ta klubi, jumladan, “Barselona” va “Yuventus” ham moliyaviy feyr-pleyni buzganlikda gumon qilinmoqda.
Sentabr oyida UEFA 2021/22-yilgi mavsumda moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun 10 ta jamoaga qarshi sanksiyalar joriy qiladi, deya xabar qilmoqda The Times. Ushbu ro‘yxatdan “Barselona”, “PSJ”, “Yuventus”, “Inter” va “Roma” joy olgan.
“PSJ” va “Marsel” bu masalada UEFA bilan muzokara qilgani uchun jarima bilan cheklanadi. “Roma”, “Inter” kabi jamoalar esa nafaqat jarima, balki turli cheklovlarga duchor bo‘lishi mumkin.
“Barselona” va “Yuventus” UEFA bilan MFP masalasida muzokara o‘tkazishdan bosh tortgan.
Umumiy hisobda 20 ta jamoa, xususan, “Arsenal” ham shubha ostida qolmoqda. Biroq, barcha klublar ham UEFAga hisobot taqdim etmagan, shuning uchun ularning vaziyati o‘zgarishi mumkin.
Izoh (0)