Andijon viloyati Shahrixon tumanida kanalga tushib ketgan Labo olib chiqildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21-avgust kuni haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Labo avtomobili tumanning “Bobochek” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga tushib ketgani bo‘yicha tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, suvda qidiruv-qutqaruv maxsus asbob-amjomlari va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh (0)