Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev farmoyishi bilan Chilonzor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi.
18-avgust kuni imzolangan farmoyishga ko‘ra, Chilonzor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jamoliddin Xojimanovga Chilonzor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyining boshlarida poytaxtning ushbu tumanida aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan daraxtlarning nobud qilinishi masalasi ortidan Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov va prokurori Izzatilla Bozorov lavozimidan ozod etilgandi.
Izoh (0)