Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning qaysi hududlarida eng ko‘p xonadon bor ekanini ma’lum qildi.
2022-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha foydalanishdagi eng ko‘p kvartira (uy)lar Farg‘ona viloyati hududida joylashgan bo‘lib, ular soni 791,2 ming birlikni tashkil etmoqda.
Keyingi o‘rinlarni esa Samarqand (775,5 ming birlik) hamda Toshkent (693,6 ming birlik) viloyatlari o‘z ko‘rsatkichlari bilan band etgan.
Izoh (0)