Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 2022/2023-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari 25-avgust kuni stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda vazirlikning “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, hujjatlarni qabul qilish 20-avgustgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi. O‘qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki DTMning rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.
Avvalroq Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)