Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Avgust oyida Osiyodan Yevropa mamlakatlariga dengiz orqali dizel yoqilg‘isi yetkazib berish hajmi besh oylik maksimal darajaga yetishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Prognozlarga ko‘ra, 3 mln barrelga yaqin dizel yoqilg‘isi yuklangan beshta kema shu oy Yevropaga jo‘nab ketishga tayyor, bu so‘nggi oylardagi rekord ko‘rsatkichdir.

Yetkazib berish hajmi issiq ob-havo, gaz narxining oshishi va Rossiyadan energiya importida uzilishlar xavfi tufayli oshmoqda.

Yaqin Sharqdan Yevropaga yetkazib berish hajmi ham oshadi, — deyiladi xabarda.

Treyderlarning fikriga ko‘ra, dizel yoqilg‘isi oqimi Yevropaga yo‘naltirilgan, chunki Amsterdam, Rotterdam va Antverpenda uning narxi Osiyodagidan yuqori.

Shu bilan birga, Xitoy iqtisodiyotidagi tanazzul va Hindistonda talabning mavsumiy pasayishi Osiyo bozorida dizel yoqilg‘isining ortiqcha taklifini yuzaga keltirdi.

Hindiston va Shimoliy Osiyodan ketayotgan yoqilg‘i tankerlari Yevropaga bir oy ichida yetib boradi.

Avvalroq Yevropa qishni dizel tanqisligi bilan boshlashi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi