Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Saudiyalik milliarder shahzoda Al-Valid Bin Talal Moskvaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida Rossiya firmalariga 500 million dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Mazkur sarmoya Fors ko‘rfazi davlatining OPEK+ hamkori bilan ehtiyotkor siyosiy pozitsiyasini saqlab qolganligining belgisidir.

Birja arizasiga ko‘ra, shahzoda Al-Validning investitsiya firmasi Kingdom Holding kompaniyasi fevral oyida “Gazprom”, “Lukoyl” va “Rosneft” tomonidan chiqarilgan depozitar kvitansiyalarni sotib oldi. Rossiya 24-fevral kuni Ukrainaga bostirib kirgan edi.

Bobosi zamonaviy Saudiya Arabistonining asoschisi bo‘lgan Al-Valid mamlakatning eng boy odamlaridan biri hisoblanadi.

Saudiya kompaniyasi 2020-yildan beri global qimmatli qog‘ozlar va depozit kvitansiyalariga 3,4 milliard dollar sarmoya kiritdi.

67 yoshli shahzoda Al-Valid Citigrup va Apple kabi kompaniyalarda ulushlarni qo‘lga kiritganidan so‘ng eng obro‘li saudiyalik investorlardan biriga aylandi.

Al-Valid uzoq muddatli investitsiyalar bilan tanilgan va mashhur investor Uorren Baffetning muxlisidir.

Avvalroq Saudi Aramco’ning daromadi neft bozorida yana bir rekord o‘rnatgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...