Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Uzbekistan Airways’ning Antaliyadan Toshkentga uchgan samolyotida 5 kishi mushtlashdi. IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 15-iyulda amalga oshirilgan НY-372 reysida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchilarning 5 nafari — S.L., S.M., A.SH., K.T. va K.N. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, samolyot bortida janjal chiqargan va buning oqibatida bir-birlariga yengil tan jarohatlari yetkazgan.

Holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi tomonidan  Jinoyat kodeksining 277-moddasi (mayda bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Toshkent aeroportida qalbaki pasport bilan uchmoqchi bo‘lgan 7 nafar Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi