• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu odamlarda tibbiy madaniyat yetarli darajada emasligining belgisi”. Xalq tabobati assotsiatsiyasi raisi internetda tarqalgan qo‘qonlik tabib bo‘yicha munosabat bildirdi (video)

    Ijtimoiy tarmoqlarda “qo‘l harakati bilan davolovchi tabib” videosi tarqalmoqda. Izohlarda bu tabib O‘zbekiston Tabobat akademiyasida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgani aytilmoqda. Mazkur videolarda tabib deb atalayotgan erkak bemorlarning tanasi atrofida turli qo‘l harakatlarini bajarayotgani aks etgan. Shundan so‘ng tabib bemordan “Yaxshi bo‘ldingizmi?” deb so‘rab, bemorlardan tasdiqlatib olmoqda va ushbu videolarni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylamoqda.

    “Daryo” mazkur tabib bo‘yicha izoh olish uchun Xalq tabobati assotsiatsiyasi bilan bog‘landi. Tashkilot raisi Ro‘zimuhammad Xonnazarov bu bo‘yicha quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

    “Mazkur videodagi shaxs qo‘qonlik Iqbol Soliyev. Bu insonni men yaxshi taniyman. Bir necha bor suhbatlashganman. Chunki biz bugun tabiblar va tabiblikka da’vogarlar haqida ma’lum bir darajada ma’lumotlarga egamiz. Internetda tarqalayotgan xabarlarda u O‘zbekiston Tabobat akademiyasida rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligi ta’kidlangan. Hozirgi paytda qaysi tabibni uchratsangiz, ‘falon akademiyaning a’zosi’ yoki ‘akademigi’ bo‘lib chiqadi. Albatta bu alohida bir mavzu bo‘lib, hali bunga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

    Avvalo shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, xalq tabobati tabiiy giyohlar, hayvon mahsulotlari, ma’danlar yordamida turli kasalliklarni davolashdan iborat amaliy faoliyatdir.

    Shu bilan birga, xalqimiz orasida azaldan silovchilar, kinnachilar, duoxonlar mavjud bo‘lib, ular qo‘l berish yo‘li bilan o‘z iqtidorlarini xalq xizmatiga yo‘naltiradi. Bu insonlar o‘zlarini ‘g‘ayrioddiy’ inson ekanliklarini bot-bot ta’kidlab, o‘zlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali mashhur qilishga harakat qiladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, mijoz qidiradi.

    Videodagi tabib esa oddiy qo‘l harakatlari yordamida bir lahzada insonlarga shifo ulashayotgani aytilmoqda. Men bu insonning harakatlarini tasdiqlash yoki inkor qilish fikridan yiroqman. Chunki insonlarda uchrab turadigan ‘g‘ayrioddiylik’ haqida hazrat Ibn Sinodan so‘rashganda u zot ‘Ushbuni rad etishga shoshilmang’ degan ekanlar.

    Ro‘zimuhammad Xonnazarov Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ro‘zimuhammad Xonnazarov Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Tabobatda bioenergiya bilan davolash amaliyoti mavjud. Buni inkor etmayman. Bunda insondagi 5 ta omil — harorat (36,6 S), bioquvvat, magnit maydoni, infraqizilnur, energiya axboroti orqali bemor kishiga ta’sir o‘tkaziladi. Buning uchun muayyan vaqt talab qilinadi.

    Ammo videodagi holat rost bo‘lsa, agar bu tabib qo‘l harakatlari bilan og‘ir bemolarni shunday osonlik bilan bir lahzada davolayotgan bo‘lsa, atrofda kasal odam qolmas edi. Kasalxonalarimizda shifo istab yotgan ko‘plab og‘ir bemorlar, nogironlar, xastalar bor. Unda nega ularni oyoqqa turg‘izib yubormayapti?

    Bunday holatlarning yuzaga kelishiga sabab, avvalambor, odamlarning tibbiy bilim va madaniyati yetarli darajada emasligi hisoblanadi. Shuningdek, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan shifo topmayotgan bemorlar mo‘jiza istab to‘g‘ri shu kabi shaxslarning tuzog‘iga boradi. Odamlarimiz sodda, samimiy deymiz. Bu soddalikdan ham ko‘ra ko‘proq tibbiy madaniyat, birlamchi tibbiy bilimning yo‘qligidan darak beradi.

    Masalan, Germaniyada hech qachon to‘satdan bunday tabiblar paydo bo‘lgani haqida eshitmaysiz. Chunki u yerdagi oddiy aholining tibbiy bilimi bizdagi ba’zi soxta tabiblar va shifokorlarnikidan yaxshiroq deb o‘ylayman. Shu sababli kimdir qo‘l bilan davolayman, deb da’vo qilib chiqadigan bo‘lsa, unga savol berishni bilishadi.

    Bizda ham aholining tibbiy madaniyati va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati oshsa, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tabiblarga bo‘lgan ommaviy qiziqishlar o‘z-o‘zidan barham topadi”, — dedi Xalq tabobati assotsiatsiyasi raisi Ro‘zimuhammad Xonnazarov.

    16.08.2022, 17:25   Izoh (0)   22727
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda obodonlashtirish xodimi Spark urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

    16.08.2022, 17:20

    O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning qarori va harakati ustidan sudga shikoyat qilish muddati olti oyga uzaytiriladi

    16.08.2022, 17:15

    O‘zbekiston 7 oyda qancha meva va sabzavot eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

    16.08.2022, 16:54

    Shahrisabzda maktab tomi qulab tushdi

    16.08.2022, 16:41

    Bekobodda ko‘chmas mulk obyektlari 1-noyabrga qadar xatlovdan o‘tkaziladi

    16.08.2022, 16:39

    Enter Engineering kompaniyasida quruvchilar kuniga bag‘ishlangan bayram bo‘lib o‘tdi

    16.08.2022, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.