Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yerevandagi “Surmalu” savdo markazida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi, bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida yana 16 kishi bor, deb yozadi “RBK” Armaniston FVVga tayanib.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Uch ayol va bir erkak halok bo‘lgan, yana ikki kishining shaxsi aniqlanganicha yo‘q. FVV rahbari Armen Pambuxchyan ma’lum qilishicha, 23 kishi tibbiy yordam olmoqda.

Qidiruv ishlari davom etyapti, ayni paytda voqea joyida 70 ga yaqin qutqaruvchi ishlamoqda. Yetti nafar mutaxassis ishlar chog‘ida turli jarohatlar olgan, ularning ikki nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Yerevan savdo markazidagi portlash 14-avgust kuni sodir bo‘ldi. “Novosti-Armeniya” mushaklar (feyerverklar) saqlanadigan ombor yonib ketganini ma’lum qildi. Yong‘inga murakkablik bo‘yicha uchinchi daraja berildi. 14-avgust kuni kechqurun Armaniston FVV matbuot kotibi 61 kishi jabrlanganini xabar qildi.

Mamlakat bosh prokuraturasi oson alangalanuvchi moddalarni saqlash qoidalarining buzilishi va yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi kabi ikkita modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Hozircha portlash sabablari aniqlanmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin