Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi bino kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.

Foto: E-auksion

Foto: E-auksion

Dorixona binosi auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joylashtirilgan.

Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,002 gektar. Binoning maydoni — 134 kvadrat metr. Unda suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud. Gaz ta’minoti esa yo‘q.

Auksionga qo‘yilgan dorixonaning boshlang‘ich bahosi — 1,9 mlrd so‘m. Arizalar 6-sentabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Avvalroq auksionga qo‘yilgan eng arzon va eng qimmat avtomobillar ro‘yxati aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Gitlerga maktub yozgan Gandining tug‘ilishi, maxfiy sanalgan Opus Dei tashkiloti va SSSRdagi yadroviy qurollar sinovi. Kun xronologiyasida 2-oktabr
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-oktabr kuni harorat kechasi 7 darajagacha pasayadi