Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bloomberg nashri qanday qilib AQSH oltin savdosidagi firibgarlarni qo‘lga tushirgani haqida yozdi.

Foto: Bloomberg

2018-yil dekabr oyida 30 yoshlardagi erkak Fort-Loderdeyl aeroportiga yetib kelganida qo‘lga olinib, Federal qidiruv byurosining (FQB) ikki agenti kutib o‘tirgan xonaga olib ketilgan.

Gumonlanuvchi qo‘rqib ketgan bo‘lsa ham hushyor holatda bo‘lgan — yaqinda uning sheriklaridan biri jinoyatlarini tan olgandi. Bunday jinoyatlarni uning o‘zi ham sodir etgan.

 

Kristian Trunz terrorchi yoki giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi emas, balki asal oyidan qaytgan o‘rta darajadagi qimmatbaho metallar sotuvchisi edi.

Muhimi u eng yirik oltin banki JPMorgan Chase’ning uzoq yillik xodimi.

Aeroportdagi FQB pistirmasi AQSH prokuraturasining JPMorgan qimmatbaho metallar bo‘linmasini ta’qib etishida muhim qadam bo‘ldi.

Shu orqali, bir vaqtlar oltin bozorida eng qudratli shaxs bo‘lgan, sobiq global byuro rahbari Maykl Novakga nisbatan o‘tgan haftada 13 ta ayblov hukmi e’lon qilindi.

Maykl Novak

Maykl Novak
Foto: Bloomberg

Dunyo bo‘ylab qimmatbaho metallar savdogarlari tomonidan hayrat va dahshat aralashmasi bilan kuzatilgan.

Bu voqea JPMorgan treyderlari, jumladan Novak va bankning uzoq vaqtdan beri yetakchi oltin treyderi Gregg Smitning soxta buyurtmalar berish orqali bozorlarni qanday qilib manipulyatsiya qilganiga oydinlik kiritdi.

 

Novak moliyaviy inqirozdan keyin AQSHda sudlangan eng yuqori martabali bankirlardan biriga aylandi. Hozirda esa uni bir necha o‘n yillik qamoq jazosi kutmoqda.

Novakning advokatlari mijozi jinoyatchi emasligini ta’kidlab, sudda uning huquqlarini oqlashda davom etishlarini bildirdi.

Hammasi qachon boshlandi?

JPMorgan’ga firibgarlik to‘g‘risidagi ayblovlar kamida 10 yil avval qo‘yilgan.

Algoritmli savdo firmasining rahbari Aleks Gerko 2012-yilda Smitning oltin bozoridagi faoliyati haqida minglab soxta savdolar sodir bo‘lgan fyuchers birjalariga egalik qiluvchi CME Group kompaniyasiga shikoyat qilgan.

Ammo bu foyda bermagan. Smit va Novak 2019-yilga qadar bankda ishlashni davom ettirgan. AQSH esa ularga qarshi ayblovlarni endigina ochdi.

Gregg Smit

Gregg Smit
Foto: Bloomberg

Adliya departamentida JPMorgan’ga qarshi ish savdo bo‘yicha soxta taklif kirituvchi savdogarlarni “ovlash” boshlanganida ochildi.

Katta hajmdagi ma’lumotlar sinchkovlik bilan tekshirilganda, ular orasida ayrim treyderlar ajralib turgani va ularning barchasi JPMorgan’da ishlagani aniqlangan.

 

Novakning 2019-yil sentabr oyida hibsga olingani qimmatbaho metallar olamiga zarba bo‘ldi, ammo kovid pandemiyasi sabab sud yana uch yilga cho‘zildi.

JPMorgan’dagi Novakning sherigi Edmonds o‘z ko‘rsatmalarida ushbu firibgarlikni kundalik hodisa deb ta’rifladi va bu oddiy strategiyaning bir qismi bo‘lgani sababli unda ishtirok etishga majbur bo‘lganini tushuntirdi.

Adliya departamentining JPMorgan’ning eng katta bankirlariga qarshi harakati oltin va kumush bozorlarining ba’zi burchaklarida xushxabar sifatida kutib olindi.

JPMorgan bosh ofisi

JPMorgan bosh ofisi
Foto: Bloomberg

Bu bozorda investorlar va blogerlar uzoq vaqtdan beri bankni narxlarni pasaytirish uchun keng ko‘lamli sxemada ayblab kelgan.

Ushbu ayblovlar Tovar fyuchers savdo komissiyasi tomonidan ko‘plab tekshiruvlarga turtki bo‘lgan.

Ularning eng oxirgisi 2013-yilda qonunbuzarlik haqida hech qanday dalil topilmaganidan keyin yopilgan.

Bu ishda Novak va Smit narxlarni bostirish bo‘yicha tizimli fitna bo‘yicha ayblanmagan. Aksincha, ular JPMorgan’ning eng muhim fondi mijozlariga foyda keltirish uchun juda qisqa vaqt ichida bozorlarni soxtalashtirishgani uchun ayblangan.

Firibgarlik sxemasi

Edmondsning ta’kidlashicha, JPMorgan’da bu amaliyot firibgarlik emas, balki “bosish” deb nomlanadi va savdogarlar buni hech qachon noqonuniy deb hisoblanmagan.

Firibgarlikda gumon qilinayotgan bank xodimlari oltin uchun buyurtma berib, darhol buyurtmani bekor qiladi. Buning ortidan ular to‘g‘ridan to‘g‘ri narxlarga ta’sir o‘tkazadi.

2012-yilda XTX Markets miqdoriy savdo firmasining asoschisi Gerko, buyurtmalarni tezda berish va bekor qilish orqali Smitning oltin fyucherslari bilan savdosi haqida CME valyuta kompaniyasiga shikoyat qilgan.

Aleks Gerko

Aleks Gerko
Foto: Bloomberg

CME tergovni boshlagan. U uch yil davom etdi va firibgarlik qilingan degan xulosaga keldi.

Sud jarayoni

2014-yilda JPMorgan’ning boshqa treyderi Mishel Simonian firibgarlik uchun ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, Novak savdogarlarni o‘z ofisiga chaqirib, ular ham xuddi shunday qilgan-qilmaganini so‘ragan. Hech kim hech narsa demagan.

Sud jarayonida Novak juda befarq bo‘lib ko‘ringan. Sanoat insayderlari uni 2020-yilda introvert va aqlli deb ta’riflardi. Sud jarayonidagi ko‘rsatmalar uni hamma yaxshi ko‘radigan menejer sifatida ko‘rsatdi.

Prokurorlar Trunz va Edmondsni ishonchli emas — uzoq muddatli qamoq jazolaridan qochish uchun o‘z mijozlariga qarshi guvohlik bergani isbotlangan yolg‘onchilar sifatida tasvirlashdi.

 

Novak va Smit kelasi yilga qadar hukm qilinmaydi. Taqqoslash uchun, 2020-yilda firibgarlikda ayblangan ikki Deutsche Bank treyderining har biri bir yilga qamalgan.

Sud hukmi AQSH Adliya vazirligining noqonuniy savdo amaliyotiga qarshi kurashidagi eng yuqori cho‘qqi edi. Hozirgacha prokurorlar besh xil bankdagi o‘n nafar savdogarni ayblashga muvaffaq bo‘ldi.

JPMorgan unga qarshi “soxta” ayblovlarni hal qilish uchun allaqachon 920 million dollar to‘lagan.

Ba’zi bozor ishtirokchilari “bosqin”dan keyin ham firibgarlik hamon sodir bo‘layotganini aytmoqda.

1986-yilda Nyu-York tovar birjasida ish boshlagan mustaqil tovar treyderi Erik Zukkarelli firibgarliklar muntazam ravishda bo‘lib o‘tishini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, o‘sha davrda agar kimdir aldaydigan bo‘lsa hamma kelib yuziga musht tushirgan va komissiya kelib firibgarni jarimaga tortgan.

Hozir esa vaziyat umuman boshqacha.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)