Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Guliston shahri 3-mavze bozorcha hududidagi daraxtlarning tag qismi betonlab ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu xabar yuzasidan Guliston shahar ekologiya bo‘limi inspektorlari hamda IIB xodimlari tomonidan voqea joyiga borib o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish davomida Guliston shahar 3-mavze bozorcha hududida bir nechta daraxtlarning tag qismi betonlab tashlangan holati aniqlangan.

Holat yuzasidan do‘kon egalarini topib, daraxtlarning tag qismlari ochilib, muammo bartaraf qilingan. Bunday holat takror sodir etilmasligi yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilgan.

“Shu o‘rinda hurmatli tadbirkorlarimizdan bizga toza va musaffo havoni yetkazib berayotgan yashil daraxtlarimni asrab-avaylashlarini so‘rab qolardik”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar