• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chilonzorda yo‘l kengaytirish ishlarida 101 tup daraxt ildizi shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi

    Toshkentning Chilonzor tumanida yo‘l ta’mirlash ishlari sabab yo‘l chekkasidagi daraxtlar ildiziga shikast yetkazilgandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi dastlabki o‘rganish ishlari natijalarini e’lon qildi.

    Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

    Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

    Aniqlanishicha, Chilonzor tumani, 1-mavze, Chilonzor ko‘chasi yo‘lini rekonstruksiya qilish jarayonida umumiy rejalashtirilgan 1,4 kilometr yo‘l ta’mirlash loyihasining 300 metr qismida eski irrigatsiya tarmoqlar (lotoklar) olib tashlanib, yo‘lni kengaytirish va sathini 1 metrgacha pasaytirish ishlari amalga oshirilgan.

    Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari jarayonida Chilonzor ko‘chasidagi mavjud jami 101 tup daraxtlarga, shu jumladan, 92 tup eman, 1 tup chinor, 5 tup tut, 2 tup archa va 1 tup mevali behi daraxtlari ildiz qismi shikastlangan.

    Avvalroq Toshkent shahr hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek, 100 ta daraxtga zarar yetkazilganini rad etib, 7 ta daraxt ildiz tizimining ust qismiga qisman zarar yetkazilganini bildirgandi.

    Qo‘mitaning dastlabki o‘rganish natijasiga ko‘ra, diametri 45-98 santimetrgacha bo‘lgan 7 tup eman daraxti ildiz qismiga jiddiy shikast yetkazilgani ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish natijasida yana 2 tup eman jami 9 tup eman daraxtlarining ildiz qismiga jiddiy shikast yetkazilgani aniqlangan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu daraxtlarni saqlab qolish ehtimoli xavf ostida.

    Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, Chilonzor ko‘chasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida qolgan 90 dan ortiq daraxtlar o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlanganligi aniqlandi.

    O‘rganish jarayonida ishtirok etgan Fanlar Akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Rusanov nomidagi “Toshkent botanika bog‘i” ilmiy xodimi tavsiyasiga binoan, ildiz qismiga jiddiy shikast yetkazilgan 9 tup eman daraxtlarini saqlab qolish qator agrotexnik tadbirlarni talab etadi.

    Toshkent shahar, Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida daraxtlarni ildiz tizimiga shikast yetkazilishi holatlari bilan, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 32, 37-moddalari talablari buzilishiga olib kelgan.

    Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, daraxtlarni ildiz tizimi jiddiy shikastlantirilgani natijasida dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, o‘simlik dunyosiga 420 million 450 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisob-kitob qilingan.

    Mazkur holat yuzasidan barcha hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilgan.

    Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra, qurilish loyihalarni amalga oshirishdan oldin ekologik me’yoriy loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi hamda majburiy tartibda Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi belgilangan. Aniqlanishicha, mazkur yo‘l qurilish-ta’mirlash obyekti bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat ekologik ekspertiza xulosasi olinmagan.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Telegram / “Chilonzorliklar” guruhi

    Foto: Telegram / “Chilonzorliklar” guruhi

    Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, muammoni joyiga chiqib o‘rgangan Fanlar akademiyasi huzuridagi Botanika instituti mutaxassislari daraxtlarni asrab qolish uchun yo‘lning har ikkala tomonining 3,5 metr qismini gomusli tuproq bilan to‘ldirish, daraxtlarga chirishning oldini olishda ishlatiladigan fitosporin mikrobiologik preparatlari va ildiz o‘stiruvchi kornevin biostimulyatori bilan ishlov berish haqida tavsiyalar berdi.

    Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev mas’ullarga loyihadagi olti chiziqli avtomobil yo‘li o‘rniga to‘rt chiziqli avtomobil yo‘lini qoldirish, ortib qolgan joyni esa yashil hududga aylantirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, shahar prokuroriga ushbu loyihada qo‘yilgan xatoliklar uchun loyiha institutiti, quruvchilar, ekologiya bo‘limi va, umuman, ushbu loyihada qatnashgan barcha mutasaddilarga chora ko‘rilishi zarurligini ta’kidladi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Ayni paytda  holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Chilonzordagi qurilish ishlarida zarar yetkazilgan daraxtlarni borib ko‘rdi (video)

    07.08.2022, 13:28   Izoh (0)   16721
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    DTM test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi

    07.08.2022, 13:07

    Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Chilonzordagi qurilish ishlarida zarar yetkazilgan daraxtlarni borib ko‘rdi (video)

    07.08.2022, 11:47

    Jizzaxda Isuzu yuk mashinasi Nexia-2 ni urib yuborishidan 5 kishi halok bo‘ldi

    07.08.2022, 10:46

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Buxoro neftni qayta ishlash zavodidagi ishlab chiqarish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari h...

    07.08.2022, 10:30

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    07.08.2022, 10:25

    Surxondaryoda elektr ta’minoti korxonasi rahbari 1500 dollar pora bilan ushlandi

    07.08.2022, 08:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.