Daryo

Surxondaryoda xalq ta’limi bo‘limi mudiri maktab direktorini haqorat qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi bo‘lim mudirini ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi

1 daqiqa o‘qish36 750 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani xalq ta’lim bo‘limi mudiri hududdagi maktablardan birining direktorini haqorat qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, A.B. ismli mudir 65-umumta’lim maktabi direktori N.X.ni haqorat qilgani bilan bog‘liq tarqalgan audioyozuv tuman prokuraturasi va xalq ta’limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati hamkorligida o‘rganilgan.

O‘rganishda bo‘lim mudiri A.B. maktab direktori N.X.ni uning xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyatdagi mavjud odob-axloq qoidalariga rioya qilmagani uchun turli so‘zlar bilan haqorat qilib, uning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan A.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat) bilan ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudining 12-avgustdagi qaroriga ko‘ra, A.B. yuqoridagi huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar