Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 2022-yilning yanvar—iyul oylarida tadbirkorlarning qonuniy faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilish hamda ularning huquq va manfaatlarining qo‘pol buzilishi bilan bog‘liq 224 ta huquqbuzarlikni fosh etdi.

Xususan, 35 ta davlat va boshqaruv organlari, 32 ta tijorat banklari, 18 ta kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, 3 ta nazorat organlari va 136 ta boshqa idoralar mansabdor shaxslarining tadbirkorlar manfaatlariga qarshi qaratilgan huquqbuzarlik holatlarining oldi olinishi ta’minlangan.

O‘tkazilgan uchrashuvlar hamda qabullar davomida 1 300 dan ortiq tadbirkorning muammolari qonuniy tartibda hal etilgan.

Ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak natijasida 34 ta holatda tadbirkorlik subyektlariga 33,6 milliard so‘m kreditlar ajratib berilgan. 8 ta holatda elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi tarmoqlariga ulanish, 52 ta holatda ruxsatnoma va litsenziyalar olish hamda 1 209 ta boshqa holatlarda amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.

Norasmiy ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan hamda raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan 345 nafar shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi orqali 375 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga erishilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova