Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston yengil avtomobillar importini oshirgani haqida xabar berilgan edi. 2022-yilning yanvar—iyul oylarida mamlakat 25 ta xorijiy davlatdan yengil avtomobil import qilgan. 

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Rossiya bu ro‘yxatda 1,3 mingga yaqin avtomobil bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yilning dastlabki yetti oyida ushbu mamlakatdan 2,6 mingta yengil avtmobil olib kelingan edi. 

Import 1 yil ichida ikki barobarga qisqardi. Asosiy sabab — urush va sanksiyalar tufayli Rossiya zavodlarining yopilishi. 

Masalan, Fransiyaning Renault konserni zavodlarini sotib ketgan edi. Endi bu yerda “Moskvich” brendi ostida yengil avtomobillar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, avtomobilsozlik kompaniyalari mikrochiplarning etishmasligi tufayli muammolarga duch kelishmoqda.

Buning oqibatida ilgari Rossiya O‘zbekistonga olib kiriladigan avtomobillar soni bo‘yicha Xitoy va Janubiy Koreyadan keyin uchinchi o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu o‘rinni Qozog‘istonga boy berib qo‘ydi. 

Yil boshidan beri import qilingan avtomobillar bo‘yicha Rossiya uchinchi o‘rindagi Qozog‘istondan katta farq bilan ortda qolmoqda — 2,1 mingta avtomobil atrofida.

O‘tgan yilning yanvar—iyul oylarida Rossiyadan Qozog‘istonga qaraganda qariyb 1,3 mingta avtomobil ko‘proq olib kelingan edi. 

Avvalroq Rossiya urushi mamlakat iqtisodiyotini to‘rt yil avvalgi darajaga tushirgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)