Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2022/23-yilgi mavsumi start oldi. 13-avgust kuni 1-tur doirasidagi qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Milan” o‘z uyida “Udineze”ni qabul qildi. Avvaliga mehmonlar 2-daqiqadagi tezkor gol bilan oldinga o‘tib oldi. Bunga milanliklar Teo Ernandes va Ante Rebichning gollari bilan javob qaytardi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida hisob yana tenglashdi.

Ikkinchi bo‘limda “Milan” futbolchilari ikki bor raqib darvozasiga yo‘l topib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.

“Inter” safarda “Lechche” bilan bahs yuritdi. Uchrashuvning 2-daqiqasida Romelu Lukaku hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida mezbonlar muvozanatni tikladi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi lahzalarida Denzel Dumfris milanliklarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

A Seriya

1-tur bahslari

13-avgust, shanba

“Milan” – “Udineze” 4:2

Gollar: 0:1 – 2 Rodrigo Bekao, 1:1 – 11, penalti Ernandes, 2:1 – 15 Rebich, 2:2 – 45 Mazina, 3:2 – 46 Braim Dias, 4:2 – 68 Rebich.

“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Kalulu, Ernandes, Krunich (Pobega, 84), Bennaser, Rebich (Jiru, 72), Rafael Leau (Origi, 84), Brahim Dias (de Ketelare, 71), Junior Messias (Salemakers, 71).

“Udineze”: Silvestri, Soppi, Nyuytink, Rodrigo Bekao, Peres (Eboss, 67), Mazina (Ebosele, 83), Pereyra, Uolas (Lovrich, 76), Makengo (Samarjich, 76), Deulofeu, Saksess (Betu, 67).

Ogohlantirilar: Soppi (9), Krunich (34), Rodrigo Bekao (34), Peres (55), Ebosele (90).

“Lechche” – “Inter” 1:2

Gollar: 0:1 – 2 Lukaku, 1:1 – 48 Sisey, 1:2 – 90+5 Dumfris.

“Lechche”: Falkone, Jandre, Baskirotto, Chetin (Blen, 21), Gallo, Bistrovich (Listkovski, 74), Yulmand, Gonsales (Helgason, 74), Di Franchesko (Banda, 74), Sisey (Kolombo, 64), Espeto.

“Inter”: Handanovich, Darmian (Dumfris, 67), de Vrey, Shkrinyar (Korrea, 88), Dimarko, Gozens (Bastoni, 57), Brozovich (Mxitaryan, 57), Chalxono‘g‘lu (Jeko, 67), Barella, Lukaku, Martines.

Ogohlantirishlar: Baskirotto (32), Brozovich (55), Darmian (63), Blen (82), Kolombo (87).

“Sampdoriya” – “Atalanta” 0:2

Gollar: 0:1 – 26 Toloi, 0:2 – 90 Lukman.

“Monsa” – “Torino” 1:2

Gollar: 0:1 – 43 Miranchuk, 0:2 – 66 Sanabriya, 1:2 – 90+4 Mota.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi