Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 25-iyundan to 1-avgustgacha Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha fuqarolardan 117 mingdan ortiq taklif kelib tushgan.

Kiritilayotgan o‘zgarish orasida amaldagi 99-modda (viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar) ham bor. Ushbu moddani yangi tahrirda “Tegishli hududdagi ijroiya hokimiyatiga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi. Xalq deputatlari Kengashlariga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi” tarzida o‘zgartirish taklif etilgan.

Konstitutsiyaning 90-moddasi bo‘yicha taklif etilayotgan loyihaning ahamiyati va bu o‘zgartirish ijro hamda nazorat organlariga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi haqida Oliy Majslis Qonunchilik Palatasi deputati Shuhrat Polvonov “Daryo”ga mulohazalarini bildirdi.

Shuhrat Polvonovning aytishicha, hokimlarning bir vaqtning o‘zida ham ijro hokimiyatini hamda mahalliy davlat vakillik hokimiyatini boshlig‘i sifatida turishi haspo‘shlab kelingan.

Islohotlarni o‘tkazishda tezkorlik kerak, hududlardagi muammolarni yakka boshchilik asosida hal qilish, tezroq muammolarni yechimini topadi, degan oqlov sabablarini ko‘rsatdik. Lekin hayotimizning o‘zi bu borada ancha salbiy natijalarni suvning yuziga olib chiqib berdi. Qanday ma’noda? Bugun ijtimoiy tarmoqlarni ko‘ring, eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘layotgan, agar bo‘lib chiqsak: vazir, hokim, deputat, jurnalist, prakuror, sud orasida, men o‘ylayman, birinchi o‘rinda hokimlar va ularning vakolatlari haqida. Buni o‘ziga xos sabablari ham bor, albatta.

Nega shunday bo‘ldi? Nega bugun hokimlarning faoliyati ko‘proq muhokamaga sabab bo‘lyapti? Fuqarolarimiz ham konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish haqida takliflar berayotganda shunchaki uyda o‘tirib, zerikkanidan taklif berayotgani yo‘q. Ular hayotida muammolarga uchrayapti, shu vaziyatlarga duch kelyapti, yechim topmayapti masalalar. Shundan kelib chiqib taklif berishyaptida. Bugun fuqarolar mana shu berayotgan taklifida davlat boshqaruvi sohasida yaxshi tomonga o‘zgarishlarni xohlayapti, shunday bo‘lishini istayapti.

Bundan maqsadki, davlat organiga, hokimliklarga murojaat qilganda yechimi topiladigan bo‘lsin, joylardagi hokimliklar vakolatlarini mutloq foydalanuvchi sifatida qolishi salbiy deb bilyapti. Shu sababli ham muhokamalar jarayonida qo‘mitamizda ham, ekspertlar bilan ham buni ma’qul taklif deb topdik. Bugungi kunda konstitutsiyaning aynan 99-moddasiga o‘zgartirish kiritish, ya’ni hokimlarni ijro hokimiyatiga rahbar sifatida olib, vakillik organlarini alohida deputatlarni o‘zining ichidan saylangan rahbar boshqarishini nazarda tutuvchi normalarni ishlab chiqyapmiz”, - dedi deputat.

Xalq vakilining alohida ta’kidlashicha, konstitutsiyaga bitta normani kiritib “hayotni go‘zal” bo‘lishiga erishib bo‘lmaydi.
Lekin konstitutsiyaga kiritilayotgan normalar bizni boshlayotgan islohotlarimizning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi. Sababi aytganingizdek, tasavvur ham qildik konstitutsiyaga shunday norma ham kirdi, lekin bu masalani yechib bermaydi, bu aniq. Bu aksincha shu sohadagi islohotni endi natijaga erishgunga qadar talab qiladi. Ya’ni nimalarda bu ko‘rinadi?

Birinchidan, bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi qonunimiz amalda. Demak bu qonunni to‘liq qayta ko‘rib chiqishimiz kerak yoki alohida ikkita qonun qilamiz. Bu yerda hali hokimliklarni faqatgina mahalliy kengashning raisligidan ketishi haqida gap ketyapti. Bu degani kengashning vakolatlari kengayib ketib, ertadan boshlab kengash endi hokimlarni to‘liq nazorat qilar ekan, degan tushunchani ham bermasligi lozim. Bunday o‘ylasak xato bo‘ladi. Chunki tasavvur qiling kengashning ichida deputatlar kim? Shu mahalliy hududdagi korxona rahbarlari, maktab direktorlari, sog‘likni saqlash sohasida, juda bo‘lmasa tadbirkor. Hammasining ishi hal bo‘ladigan asosiy joy – ijro hokimiyati. Ular vakillik organiga tobe bo‘lmasalarda kundalik ishlari jihatidan hokimga tobe bo‘ladi.

Yana bitta keyingi muammo: vakillik organini ham o‘tiradigan joyi qayer desangiz – hokimiyat. Uning moddiy ta’minoti hokimiyatda, tashkiliy ta’minoti ya’ni kadrlar bilan ishlash, majlislarga tayyorgarlik, o‘tkazish. To‘g‘ri biz unga kotibiyat olib berdik, lekin to‘rt-besh kishidan iborat kotibiyat butun boshli 60 kishilik deputatlar korpusini boshqarish va ularning faoliyatini yuritish uchun yetarlimi? Mana shu masalani bu tomonlari ham bor.

Qachonki vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarib borishi sezilib boshlaydi, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritganimizdan so‘ng ikkita hokimiyatni ikkiga ajratib ularni bir-biridan faoliyat yuritishida ham mustaqilligini ta’minlab berolsak, ana o‘shanda hokimlarning javobgarligi, mas’uliyati oshadi. Bu tomonda kengashlar o‘ziga berilgan vakolatni hamda bosim yo‘qligini his qilgandan keyin nazorat qilish funksiyasi kuchayadi. Shu sabab ham konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar muhim, ya’ni nimasi bilan oldimizda qiladigan ishlarimizning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lganidan, -  dedi Shuhrat Polvonov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi