O‘zbekiston 2026-yilda o‘tkaziladigan Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
Hindistonning Chennai shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. 8-avgust kuni Chennaida FIDE’ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda 2026-yilgi Olimpiada mezbonligi uchun O‘zbekiston nomzodi delegatlar tomonidan ma’qullandi.
2022-yilgi Olimpiada 10-turi oldidan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi peshqadam bo‘lib turibdi. 8-avgust kuni o‘zbekistonlik shaxmatchilar Hindiston-2 jamoasiga qarshi dona suradi.