Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 6-avgust kuni o‘zbekistonlik fuqaro ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Diapazon” xabar qildi.
Qayd etilishicha, YTH shu kuni Aqto‘be—Astraxan trassasida sodir bo‘lgan. Avtomobil yo‘lining 284-kilometrida Lada Largus avtomashinasini boshqarib borayotgan haydovchi (42 yoshli) yo‘lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismiga chiqib ketib, yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Oqibatda ikki nafar yo‘lovchi — O‘zbekiston fuqarolari Bayganin tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Ulardan biri hushiga kelmay, shifoxonada vafot etgan.