Ichki ishlar vazirligiga “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati” turi uchun litsenziya berish vakolati berilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, ushbu faoliyat turi uchun davlat boji miqdori BHMning 10 baravari miqdorida etib belgilash ko‘zda tutilgan.
Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Avvalroq Oliy Majlis deputatlari taksi haydovchilaridan litsenziya talab qilmaslik taklifini ilgari surgani haqida xabar berilgan edi.